«chet tili» tegli maqolalar


O‘zbekistondagi ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi
3 aprel 2024, 13:05

O‘zbekistondagi ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Buning uchun ularga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Abituriyentlar chet tilidan 56 ta soxta sertifikatni topshirgani aniqlandi
3 avgust 2022, 11:36

Abituriyentlar chet tilidan 56 ta soxta sertifikatni topshirgani aniqlandi

Davlat test markazi OTMlarga kirish uchun onlayn topshirilgan arizalar orasida chet tilidan 56 ta soxta sertifikat mavjudligini aniqladi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. 28,1 mingta sertifikat esa tasdiqlandi, yana 955 tasi talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Davlat media sohasini qanday qo‘llab-quvvatlamoqchi?
27 iyun 2022, 19:03

Davlat media sohasini qanday qo‘llab-quvvatlamoqchi?

OAV xodimlarining chet tillarga o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi, Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarida qatnashadi, jurnalislarni tayyorlash jarayoni amaliyot bilan integratsiya qilinadi — prezident qarori bilan media sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

OTMlarda chet tilidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihon formati va test namunalari e’lon qilindi
27 may 2022, 12:14 2

OTMlarda chet tilidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihon formati va test namunalari e’lon qilindi

Joriy yildan boshlab 6 ta OTMga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon bo‘lib o‘tadi. Unda abituriyentlarning xorij tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish kompetensiyalari baholanadi. DTM 2 soat 45 daqiqa vaqt ajratiladigan mazkur imtihonning formati va qoidalarini e’lon qildi.

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi
21 yanvar 2022, 11:27

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi

2024 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani ham kiritiladi. 2022−2023 o‘quv yilidan 6 ta OTMlarda chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida 50 foizlik ustama to‘lanadi.

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi
6 may 2021, 18:19

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi

Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi. Unda tuman va shahar bosqichi g‘olibi 100 mln so‘m, viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 250 mln so‘m va respublikada eng yaxshi maktab maqomiga erishgan muassasa 500 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident
6 may 2021, 18:11

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi. Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilanadi. Shuningdek, davlat rahbari nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tildagi yangi telekanallarni ishga tushirish va qizlarni chet tillarini o‘rganishga faol jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting